2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"

CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1

III -Quyosh energiyasi xalqaro instituti shartnoma asosida har xil turdagi fotoelektrik tizimlari uchun quyidagi zamonaviy asboslar yordamida o`lchov – tekshiruv xizmatlarini taklif etadi:

O'qildi = 152 marta: Kiritildi = 2018-02-25 19:35:21

  1. Har hil turdagi fotoelektrik elementlarning chiqish xarakteristikalarini o`lchash tizimi:
    AAA sinfdagi Oriel Sol3A quyosh simulatori Model – 94043A.
    Bu simulator ma`lum o`lchamli sirtni boshqariladigan yorug`lik bilan yoritish uchun mo`ljallangan. Qo`shimcha zaxira chirog`i: ksenonli 450 Vt lik chiroq, ozonsiz. Oriel statsionar uskunasi fotoelektrik elementning volt – amper harakteristikasini o`lchash uchun qiyoslangan yorug`likni yaratishga mo`ljallangan.
  2. Fotoelektrik elementning volt – amper harakteristikalarini o`lchash uchun o`lchov qurilmasi.
    Bu qurilma Fotoelektrik elementning volt – amper harakteristikalarini tezkor tahlil qilish uchun mo`ljallangan.
  3. Spektrofotometr – UV-1800 SHIMADZU.
    UV-1800 SHIMADZU spektrofotometri spektrning ultrafiolet va ko`zga ko`ringan hududlarida ishlaydigan Yaponiya va Yevropa standartlari(Yaponiya va Yevropa standartlari to`plami) asosida ishlab chiqilgan. UV-1800 Spektrofotometr 1nm dagi o`lchamlarni ham o`lchaydi, juda aniq o`lchamlarni taqdim etadi. Bir nechta qulay funksiyalarni taklif qiladi, UV-1800 mustaqil rejimda va kompyuterga ulangan holda ham foydalanish mumkin.
  4. Yuqori kuchlanishli simsiz analizator (datchiklar bilan): quyosh analizatori fotoelektrik tizimning chiqish harakteristikalarini o`lchaydi, Solmetric PVA-1000S – fotoelektrik analizator to`plami.
    Fotoelektrik analizator Solmetric PVA-1000S - to`plam o`lchash uskunasi va fotoelektrik modullarni ishlashidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga mo`ljallangan portativ o`lchash vositasi. Fotoelektrik modullar va panellalarning volt – amper harakteristikalarini (I-V) o`lchaydi va natijalarni qurilmaning xotirasiga kiritilgan fotoelektrik modullarining harakteristikalar bilan taqqoslaydi.
  5. Fotoelektrik modulning analizatori PROVA-210 (12A, 60V).
    PROVA fotoelektrik moduli analizatori quyosh paneli / modulining ishlashi, maksimal kuchlanish, maksimal tok kuchi va tabiiy sharoitda modul samaradorligini hisoblash uchun qurilma.
  6. Yoritishni baholash qurilmasi: SunEye 210 Shade Tool.
    Ushbu qo`lda ishlaydigan elektron vosita tugmani bir marta bosish bilan quyosh soyasining modeli orqali quyosh energiyasini baholaydi.
  7. Issiqlik kamerasi Fluke Ti 200
    Haroratni har xil diapazonda o`lchash va issiq yuzalarni ko`zdan kechirish uchun infraqizil kameraga ega bo`lgan issiqlik kamerasi.
  8. Portativ raqamli osillograf Fluke 190-104 S, Fluke 190-104S
    Osillograf – vaqt bo`yicha to`lqin shaklidagi o`zgarishni tasvirlash uchun, elektr signalining kattaligidagi o`zgarishni kuzatish uchun mo`ljallangan qurilma. U signal amplitudasi va chastotasini, o`sish vaqtini, vaqt oralig`ini va boshqa xususiyatlarni tahlil qilish uchun mo`ljallangan.
  9. Infraqizil termometr Fluke 62 MAX +.
    Infraqizil termometr infraqizil nurlanish orqali sirtdan o`lchab, sirt harorati aniqlash mumkin bo`lgan asbobdir.
  10. Kabel topuvchi DL 2080.
    Ushbu to`plam kabellarni qidirish uchun ishlatiladi. Bu qurilma devorlar va er osti simi yo`llarini kuzatib borish, kabellarda va elektr joylarda isitish tizimlarida saqlovchilar / to`siqlar / uzilishlar va qisqa tutashuvlarni aniqlash uchun, ideal yechimdir.
  11. Mikrokontrollerlar uchun universal montaj kartasi UNI-DS6.
    UNI-DS6 turli ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqargan turli xil mikrokontrollarni ishlatib, dasturlash va eksperimentlarni rivojlantirish uchun ishaltiladi. UNI-DS6 128 × 64 o`lchamdagi LCD, 2x16 o`lchamdagi raqamli LCD, piezo buzzer, USB-UART va boshqa ko`plab modullar sizning qurilmangizda va qurilmada osongina simulyatsiya qilishga imkon beradi.
  12. 830 nuqtadan iborat maketli karta.
    Elektron qurilma prototiplarini yaratishda, elektron komponentlarni yig`ish uchun ishlatiladigan elektron karta. Raqamli va analog zanjirlarni ishlab chiqish va modellashtirish uchun kartalar ulagichlariga turli elektron komponentlar, shu jumladan tranzistorlar kiritilishi mumkin.


Galareya

Xarita

Murojaat uchun:
Tel.: +99871 235 03 44
Faks: +99871 235 03 44
100084, Toshkent sh, Bodomzor yo‘li 2B, korpus 2.
sirnornur@uzsci.net


Sayt hozir test rejimida ishlamoqda 2017