2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"

CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1

II-Quyosh issiqlik ta`minoti tizimlari va quyosh elektr stansiyalari monitiringini olib borish

O'qildi = 1078 marta: Kiritildi = 2018-12-08 22:20:03

II-Quyosh issiqlik ta`minoti tizimlari va quyosh elektr stansiyalari monitiringini olib borish

-SRO texnologiyasidan foydalangan holda quyosh energiyasi va issiqlik ta`minoti tizimidan foydalanilgan na`munaviy energiya tejaydigan, na`munaviy yashaydigan binolarni loyihalash, qurish va ishga tushirish;

-Quyosh elektr va issiqlik ta`minoti tizimlarini loyihalash, hisoblash, kompyuterda modellash shuningdek, tizimning 3D-modelini ishlab chiqish, energiya ishlab chiqarish davomiyligi va loyihani o`zini qoplash muddatlari hisoblash;

-Quyosh energetikasi va issiqlik ta`minoti tizimlarini loyihalarini amalga oshirish bo`yicha barcha ishlarni bajarish, shu jumladan ajratiladigan maydonni tanlash, muhandislik hisob-kitoblarini ishlab chiqish, tizimni o`rnatish, ishga tushirish va loyihaning kafolatlanganligini ta`minlash;

-Quyosh elektr va issiqlik ta`minoti tizimlarini nazorat qilish, energiya auditini o`tkazish va nosozliklarni bartaraf etish (diagnostika), ta`mirlash va sinovdan o`tkazish;

-Ajratiladigan maydonlarni tanlash, o`lchash, loyihalashtirish, ishga tushirish, sinovdan o`tkazish bo`yicha takliflar, shuningdek, quyosh va issiqlik ta`minoti tizimlarini o`rnatish va ishlatishda maxsus ishlarni bajarish va xavfsizlikni ta`minlash tartiblari ishlab chiqish;

-Quyosh issiqlik kollektorlari va ularning asosida issiqlik ta`minoti tizimlarini parametrlarini tanlash va optimallashtirish, quyosh issiqlik va issiq suv uchun qisqa muddatli termik akkumulyatorlarni tanlash bo`yicha takliflar tayyorlash;

-Quyosh modullarini va invertorlarni muntazam ravishda yuqori aniqlikdagi asbob-uskunalar yordamida ularnig ishlash jarayonini kuzatib borish;

-Yuqori samaradorlikka ega mobil ko`chma fotovoltaik tizimlarini taklif qilish, bu bilan doimiy kuchlanish bilan ishlaydigan qurilmalarni elektr energiyasi bilan ta`minlanadi, bu tizim faqatgina yorug`lik uskunalari uchun emas, balki mobil qurilmalar, radiotexnika va boshqa vositalarni zaryad qilish uskunalarini elektr energiyasi bilan ta`minlash imkonini beradi;

-"Quyosh energiyasi" va "Quyosh fotoelektr tizimlari va qayta tiklanadigan energiya manbalarini metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash" yo`nalishlari bo`yicha o`quv kurslarini tashkil etish;


Galareya

Xarita

Murojaat uchun:
Tel.: +99871 235 03 44
Faks: +99871 235 03 44
100084, Toshkent sh, Bodomzor yo‘li 2B, korpus 2.
sirnornur@uzsci.net


Sayt hozir test rejimida ishlamoqda 2017