2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"

CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1

Fotoelektrik tizimlar bo`limi (FETB)

O'qildi = 567 marta: Kiritildi = 2018-10-19 17:09:45

Bo`lim boshlig`i Malikov M.A.

1. Bo`lim haqida ma`lumot:

Fotoelektrik tizimlar bo`limining asosiy maqsadi ilg`or fotoelektrik texnologiyalarga asoslangan tayyor yechim va ishlanmalarni Respublikamiz xalq xo`jaligining hamma sohalariga keng miqiyosida faol tadbiq etishdir.

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari ichida jadallik bilan rivojlanib borayotgan turi bu quyosh energetikasi hisoblanadi. Xalqaro energiya agentligi hisiolariga binoan 2016-yilda jahonda Fotoelektrik stansiyalarda (FES) ishlab chiqilgan elektr energiya miqdori 333 TVt•s yetgan. Dunyo bo`yicha fotoelektrik stansiyalarda umumiy o`rnatilgan quvvat 320 GVt yetdi. Oxirgi 10 yil ichida, o`rtacha kremniy asosidagi fotoelektrik modullarning F.I.K. 12% dan 17% ga (Super mono 21%) va CdTe asosidagi modullarning F.I.K. 9% dan 16% ga ko`tarildi.

O`zbekistonda Buxora viloyatida quvvati 1.2 MVt li elektr energiyani akumlyatorlarga saqlaydigan FES, Namangan viloyatida elektr tarmoqga ulangan 130 kVtli FES va Respublika hududi bo`ylab ko`plab kichik quvvatli FES ishga tushurilgan. Hozirda Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiya qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Kelajakda o`xshash loyihalarni Namangan va Surxandaryo viloyatlarida qurilishi kutilmoqda.

Fotoelektrik tizimlar bo`limi faoliyati

Fotoelektrik tizimlar bo`limi oldiga qo`yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi ishlarni bajarish ko`zda tutilgan:

  1. Fotroelektrik tizimlarning samaradorligini, materiallar sifatini oshirish va texnologiyalarni mukammallashtirish sohasida ilmiy izlanishlarni olib borish;
  2. Fotoenergetika sohasida ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni, (ITTKI) konstruktorlik-texnik hujjatlarni to`liq tayyorlash orqali amalga oshirish;
  3. Fotoelektrik tizimlar qurilishi mumkin bo`lgan hududlar bo`yicha meteo ma`lumotlarni to`plash, to`plangan meteo ma`lumotlarni batafsil o`rganib ularni tahlil qilish;
  4. Namunaviy va birlamchi loyihalarni ishlab chiqish (FEED Front-end-engineering design);
  5. Fotoelektrik energetika sohasi bo`yicha texnik-iqtisodiy asoslar va loyihalarning tanlov hujjatlari texnik shartlarini ishlab chiqish;
  6. Fotoelektrik energetika loyihalari sohasi bo`yicha xalqaro va mahaliy talablarga mos bo`lgan mavjud hujjatlarni tahlil qilish va tuzatishlar kiritish;
  7. Fotoelektrik tizimlarni o`rnatish uchun ajratiladigan hududni to`g`ri tanlash bo`yicha barcha zarur o`lchovlarni amalga oshirish;
  8. Fotoelektrik texnologiyalar bo`yicha loyihalarni amalga oshirish uchun, har xil sohadagi tashkilotlar bilan ishlash va tuzilgan ishchi guruhlarda ishtirok etish;
  9. Buyurtmachi tomonidan yo`llangan uchinchi shaxs sifatida, amalga oshirilayotgan fotoelektr tizimlari qurilishi, ishga tushirish, ta`mirlash ishlarini amalga oshirish;
  10. Fotoelektrik tizimlarni nazorat qilish, nosozliklarni aniqlash (tashxis), ta`mirlash va sinash;
  11. Fotoelektrik tizimlarni loyihalashtirish, hisoblash, kompyuterda modellashtirish, shuningdek 3D – modelini yaratish, ishlab chiqariladigan energiyani oldindan hisoblash, loyiha samaradorligini baholash;
  12. Tayyor fotoelektrik loyihalarni amalga oshirish uchun barcha turdagi ishlarni, shu jumladan maydonni tanlash, muhandislik hisoblarni amalga oshirish, tizimni ishga tushirish va kafolatli texnik hizmat ko`rsatish;
  13. Standartlarni va me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, o`lchashlarni amalga oshirish, loyihalash, ishga tushirish, sinash, fotoelektrik tizimlarni o`rnatishda xavfsizlikni ta`minlash va bajarish tartib qoidalarini ishlab chiqish;

2. Bog`lanish uchun ma`lumotlar:

Ishchi tel.: +99871 235 03 44

Faks: +99871 235 03 44

100084, Toshkent sh., Bodomzor yo`li ko`chasi, 2B uy, 2-bino.


Galareya

Xarita

Murojaat uchun:
Tel.: +99871 235 03 44
Faks: +99871 235 03 44
100084, Toshkent sh, Bodomzor yo‘li 2B, korpus 2.
sirnornur@uzsci.net


Sayt hozir test rejimida ishlamoqda 2017