2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"

CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1

«Metrologiya va Sertifikatlashtirish» bo’limi (MSB)

O'qildi = 613 marta: Kiritildi = 2018-12-10 13:25:59

Quyosh energiyasi xalqaro institutida milliy akreditasiyadan o`tgan fotoelektrik modularni sertifikatli sinovdan o`tkazish bo`yicha laboratoriya yaratilishi, chet eldan keltirilayotgan va sertifikatsiya qilinishi kerak bo`lgan fotoelektrik texnologiyalarning texnik va ishlash parametrlarini aniqlashga imkon beradi.

Bunday laboratoriyaning borligi quyidagilarga imkon yaratib beradi.

- Quyosh energetika sohasida amaldagi xalqaro standartlar, tartib va qoidalar, normalar va boshqa standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologik ma`lumot va sifatni boshqarish bo`yicha hujjatlar bilan mamlakatni taminlanishi

- Mahsulotning sifat darajasini baxolash, fotoelektrik modullarda nuqsonlarning darajasini va ularning kelib chiqish sabablarini baxolash imkoniyati, keyinchalik uni oldini olish va bartaraf etish bo`yicha texnik va texnologik va tashkiliy-iqtisodiy choralarni ishlab chiqish;

- O`lchash, sinash va sifatni boshqarishni zamonaviy nazorat usullarni amaliyotda qo`llashni o`zlashtirish, zamonaviy o`lchov-nazorat asbob-uskunalarni ekspluatasiya qilish; o`lchov turlari va vositalari uchun mahalliy tekshirish sxemalarini ishlab chiqish; o`lchov vositalarini tekshirish, kalibrlash, ta`mirlash va sozlash;

- fotovoltaik modullar uchun O`zbekiston Respublikasida qo`llaniladigan standartlarning bir xilligini ta`minlash, shuningdek texnik shart-sharoitlari, qo`llanmalari xalqaro standartlarga mos bo`lgan etalonlarni va davlar standartlariga mos na`munalarni joriy qilish;

- Respublika oliy o`quv yurtlarida va manfaatdor sanoat tuzilmalarida quyosh fotoelektr tizimlari va qayta tiklanadigan energiya manbalarini metrologiya va standartlashtirish bo`yicha ma`ruzalar, seminarlar va kurslar uchun sifatli axborot yaratish.

Bularning barchasi O`zbekistonning tashqi bozorlarda kelajakdagi xalqaro quyosh energetika sohasida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqishda O`zbekistonning faol ishtirok etishi imkoniyatini yaratadi, bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar va muhandislar uchun mahalliy (milliy) va xalqaro loyihalarda mamlakatga xorijiy valyuta oqimini oshirish imkonini beradi.

Barcha laboratoriya o`lchov asboblari quyosh fotovoltaik modullari (QFM) asosidagi fotovoltaik tizimlar va qurilmalarni (FTQ) muntazam ravishda kuzatib borish, monitoring qilish va texnik xizmat ko`rsatish uchun ideal yechim hisoblanadi. Standart sinov sharoitida harorat va tushayotgan quyosh nurining (radiatsiya) o`lchangan qiymatlari fotoelektrik modullarining nominal parametrlari bilan taqqoslash imkonini beradi va muayyan sinov moduli spesifikatsiyalarda ko`rsatilgan ishlab chiqaruvchi xususiyatlariga mos keladimi-yo`qligini aniqlaydi. Shunday qilib, FTQni haqiqiy iqlim sharoitida monitoring qilish fotoelektrik panellarning ishlash sifati (har bir moduldagi quyosh elementining nuqsoni, volt-amper xarakteristikasi, modul yuzasidagi temperatura, F.I.K va boshqa ko`rsatgichlar), inverterlar va elektr quvvati chiqishi haqidagi ma`lumotlarni beradi.

Institutning mavjud o`lchov asboblari turli iqlim sharoitlarida, hamda ishlab chiqilayotgan yangi loyihalar uchun odatiy sinovlarni amalga oshirishga, quvvatni o`lchashga, energiya samaradorligini o`lchashga, shuningdek FESlarda ishlayotgan fotovoltaik modullarning sifatini tekshirishga va boshqalarga imkon beradi.

Bu, o`z navbatida, O`zbekistonda quyosh energiyasini rivojlantirish uchun yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish uchun ilmiy-amaliy takliflarni tayyorlash va zarur bo`lgan ma`lumotlarni olish imkoniyatini kengaytiradi.


Galareya

Xarita

Murojaat uchun:
Tel.: +99871 235 03 44
Faks: +99871 235 03 44
100084, Toshkent sh, Bodomzor yo‘li 2B, korpus 2.
sirnornur@uzsci.net


Sayt hozir test rejimida ishlamoqda 2017