2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"

CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1

Quyoshiy issiqlik ta`minot ibo`limi - QITB

O'qildi = 142 marta: Kiritildi = 2018-02-25 06:31:52

Bo`lim boshlig`i k.i.x., Raximov E.Yu.

Bo`lim haqida umumiy ma`lumot:

Quyoshiy issiqlik ta`minoti bo`limi (QITB) O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2013 yil 1-mart №1929 sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi. QITB asosiy faoliyati quyoshiy issiqlik ta`minoti sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, manfaatdor tomonlarga muxandislik va konsalting xizmatlar ko`rsatish (hisoblash, loyihalash, monitoring, texnik xizmatlar, quyoshiy issiq suv ta`minot tizimlarini tamirlash) va shu sohaga tegishli konstruktiv qurilmalar ustida ilmiy tadqiqot ishlariniolib borish. QITBning asosiy maqsadi ushbu sohada qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoqlaridagi zamonaviy quyosh texnologiyalaridan foydalanish va amalga oshirishga ko`maklashish hisoblanadi.

Bo`limning asosiy faoliyati:

- Quyoshiy issiq suv ta`minlash tizimlari va uning komponentlari.
- bak-akkumilyatorlari va quyosh kollektorlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan homashyo va texnologiyalar.
- Quyoshiy issiq suv ta`minlash tizimlari va issiq suv ta`minotlariga hisoblash loyihalash, o`rnatish, ishga tushirish va texnik xizmat ko`rsatish.
- energota`minottizimlarivakuchelektronikasi.
- Quyoshiy suv isitish tizimlari sohasida texnik loyihalar va boshqa turdagi hujjatlarni ishlab chiqish.
- Quyoshiy suv isitish tizimlari sohasida materiallar, texnologiyalar va tayyor yechimlar bozorini o`rganish.
Bo`limning asosiy vazifalari:

- Iqtisodiy va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida quyoshiy isitish tizimlaridan amaliy foydalanish bo`yicha takliflar tayyorlash va amaliy tadqiq qilish;
- O`zbekiston Respublikasida quyosh texnologiyalaridan foydalanish bilan bog`liq muhim loyihalar uchun hujjatlarni muvofiqlashtirish;
- O`zbekiston respublikasida quyosh sohasini rivojlanishini prognoz va quyosh texnologiyalar bozorini har jabhada tahlil qilish;
- Respublika xalq xo`jaligining turli sohalariga quyoshiy issiqlik ta`minot tizimlarini qo`llashni amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalarni xal etishga va boshqa manfaatdor tomonga ko`maklashish;

Bo`lim vazifalari:

Bo`limga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- materiallar, texnologiyalar va quyosh kollektorlarini umumiy samaradorligini yaxshilash sifatini oshir ish bo`yicha izlanishlar olib borish;
- batafsil tuzilgan loyiha xujjatlari asosida quyosh issiqlik energetikasi sohasida ilmiy tadqiqot tajriba-konstruktiv ishlanmalarini amalga oshirish;
- quyoshiy issiqlik ta`minlash tizimlarini kelajakda joylashtiriladigan hudud haqida meteorologik ma`lumotlarni yig`ish va batafsil tahlil qilib ma`lumotlar bazasiga kiritish;
- dastlabki loyihalar ishlab chiqish va boshlang`ich loyihalshtirish (FEED Front-end-engineering design)
- quyoshiy issiqlik ta`minlash tizimlari sohasida loyiha tender hujjatlarini texnik shartlari va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish;
- quyoshiy issiqlik ta`minlash tizimlari sohasidagi loyihalarning mavjud hujjatlarini milliy va xalqaro talablar asosida tahlil qilish va tuzatishlar kiritish;
- quyoshiy issiqlik ta`minlash tizimlarini joylashtirish uchun joyni tog`ri va aniq tanlash uchun zaruriy barcha turdagi o`lchash va tekshirishlarni amalga oshirish;
- quyosh texnologiyalarini loyihalash, ishlab chiqarish va amalga oshirish ishchi guruhlari ishtirokchilari bilan ishlash;
- quyoshiy issiqlik ta`minlash tizimlariga texnik xizmat, qurilish va ta`mirlash ishlarini olib boruvchi mijoz tomonidan yollangan uchinchi shaxslar ishini muvoffiqlashtirish;
- monitoring, muammo bartaraf qilish (diagnostika), ta`mirlash va quyosh isitish tizimlarini sinovdan o`tkazish;
- quyoshiy issiqlik ta`minlash tizimlarini loyihalashtirish, hisoblash, kompyuterli modellashtirish, 3D modelini yaratish, effektivligini baholash, issiqlik energiyasini chiqish miqdorini va o`z-o`zini qoplash mudatini oldindan ayta bilish;
- quyoshiy issiqlik ta`minlash tizimlarini tadbiq qilishda zaruriy barcha ishlarni, “kalit osti” loyihalar, joynitanlash, muhandislik hisob-kitoblar, tizimni ishga tushirish va texnik hizmat ko`rsatishni kafolatlash;
- joyni tanlash, o`lchashlar olib borish, loyihalashtirish, ishga tushirish, tajriba o`tkazish, shu qatorda qilinishi zarur bo`lgan ishlar ketma-ketligi va quyoshiy issiqlik ta`minlash tizimi o`rnatilayotganda xavfsizlikni ta`minlash norma va standartlarini yaratish;
Konsalting xizmatlar:
- quyosh issiqlik ta`minoti sohasida ilmiy-konstruktorlik ishlanmalarning loyihaviy xujjatlarini batafsil yoritish;
- dastlabki loyihalashtirish va asosiy loyihani ishlab chiqish (FEED Front-end-engineering design);
- quyosh issiqlik ta`minoti tizimi sohasidagi loyihalarni tеndеr xujjatlarining tеxnik-iqtisodiy asoslari va tеxik shartlarini ishlab chiqish;
- quyosh issiqlik taminoti tizimi sohasiga oid loyihalarni mavjud bo`lgan xalqaro va milliy xujjatlar talablariga mos ravishda tuzatish va tahlil qilish;
- quyosh issiqlik ta`minoti tizimini kompyutеrda modеllashtirish, hisoblash, loyihalashtirish, hamda tizimni 3D modеlini ishlab chiqish, issiqlik enеrgiyasini chiqishi va loyihaning o`z-o`zini qoplash muddatini prognoz qilish, samaradorligini baholash;
- quyosh issiqlik ta`minoti tizimilarini ishlatish bo`yicha barcha turdagi ishlarni amalga oshirish, loyihalarni “kaliti bilan” topshirish, ya`ni joy tanlash, muhandislik hisob-kitoblari, o`rnatish, tizimni ishga tushurish va kafolatli xizmat ko`rsatish;
- quyosh issiqlik ta`minoti tizimilarini tajribadan o`tkazish, ta`mirlash, nosozliklarni izlash (diagnostika) va monitoringni amalga oshirish;
- quyosh issiqlik taminoti tizimilarini o`rnatishda xavfsizlikni ta`minlash, ishni olib borilish tartibi, joy tanlash, o`lchash ishlarini olib borish, loyihalashtirish, tizimni ishga tushurish, tajriba o`tkazish bo`yicha norma va standartlar ishlab chiqish;
- quyosh issiqlik ta`minoti tizimi va quyosh issiqlik kollеktorlarini tanlash, optimallashtirish va ko`rsatkichlarini asoslash, shu bilan birga quyosh issiqlik va issiq suv ta`minoti tizimlari uchun qisqa muddatli issiqlik akkumulyatorlarini tanlash borasida takliflar tayyorlash;
- issiqlik ta`minoti tizimidagi turli inshootlarda quyosh enеrgiyasidan foydalanish bo`yicha erishilgan yutuqlarni qo`llashni kеngaytirish.

Bo`limning ilmiy yo`nalishi:

1. Uy-joy, kommunal va ijtimoiy ob`еktlarning issiqlik ta`minotida quyosh enеrgiyasidan foydalanish:
- suyuk va gazsimon issiqlik tashuvchilarni isitish uchun quyosh kollеktorlari;
- passiv va insolyatsion quyoshiy isitish tizimlari;
2. Quyoshiy issiqlik va sovuqlik ta`minoti;
- quyoshiy sovituvchi qurilmalar;
- havoni mu`tadillash uchun quyosh issiqlik enеrgiyasidan foydalanuvchi qurilmalar;
- quyoshiy issiqlik ta`minoti tizimlarida quyosh enеrgiyasini jamlash;
3. Gеlioqurilmalar va ulardan amaliy foydalanish:
- qisqa muddatli issiqlik jamlovchi gеlio issiqxonalar;
- uy-ro`zg`or sharoitlarida foydalanishga mo`ljallangan yuqori unumdorlikka ega bo`lgan quyoshiy suv chuchitgich qurilmalar;
- fеrmеr xo`jaliklari uchun gеlioquritgichlar;


Galareya

Xarita

Murojaat uchun:
Tel.: +99871 235 03 44
Faks: +99871 235 03 44
100084, Toshkent sh, Bodomzor yo‘li 2B, korpus 2.
sirnornur@uzsci.net


Sayt hozir test rejimida ishlamoqda 2017