2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"

CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1

Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari bo`limi

O'qildi = 467 marta: Kiritildi = 2018-07-15 08:12:14

Bo`lim boshlig`i: Hayitmuhammedov Azizboy Ergashevich

Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari bo`limi O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2013 yil 1-martdagi № PB-1929 sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi. Bo`lim asosiy faoliyati parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektr stansiyalari sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, manfaatdor tomonlarga muhandislik va konsalting xizmatlar ko`rsatish (hisoblash, loyihalash, monitoring, parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektrostansiyalariga texnik xizmat ko`rsatish) va shu sohaga tegishli konstruktiv qurilmalar ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish. Bo`limning asosiy maqsadi barcha tarmoqlarda zamonaviy parabolosilindrik kontsentrator qurilmalaridan foydalanish bo`yicha ishlarni amalga oshirishda ko`maklashish hisoblanadi.

Bo`limning asosiy faoliyati:

  1. Ishlab chiqarish sohasida quyosh energiyasidan foydalanishda yuqori tehnologik parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari ishlanmalarini qo`llashni amalga oshirish.
  2. Ilg`or parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari asosida iqtisodiy va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida quyosh energiyasi salohiyatidan amaliy foydalanish bo`yicha takliflar tayyorlash;
  3. Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari asosidagi elektr stansiyalar sohasidagi yirik loyihalar bo`yicha hujjatlarni muvofiqlashtirish va ishlarni to`g`ri amalga oshirilishiga ko`maklashish (kordinatsiyalash);
  4. Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari asosidagi elektr stansiyalarini hisoblash, loyihalash, o`rnatish, ishga tushirish va texnik xizmat ko`rsatish.

Bo`limning asosiy vazifalari:

  1. Iqtisodiy va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida parabolosilindrik kontsentrator qurilmalaridan amaliy foydalanish bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va takliflar tayyorlash;
  2. O`zbekiston Respublikasida parabolosilindrik kontsentrator qurilmalaridan foydalanish bilan bog`liq muhim yirik loyihalar uchun hujjatlarni muvofiqlashtirish;
  3. O`zbekiston Respublikasida parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari sohasini rivojlanishni prognoz qilish va parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari bozorini har jabhada tahlil qilish;
  4. Respublika xalq xo`jaligining turli sohalariga parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarini qo`llashni amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalarni hal etishga va boshqa manfaatdor tomonlarga ko`maklashish.

Bo`lim funksiyalari:

Bo`limga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  1. Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektrostantsiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarni olib boorish, texnologiyalarni yaxshilash va olarning umumiy samaradorligini oshirish;
  2. Batafsil tuzilgan loyiha hujjatlari asosida parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektrostantsiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot tajriba-loyihaviy ishlanmalarini amalga oshirish;
  3. Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektrostantsiyalarini kelajakda joylashtiriladigan hudud haqida meteorologik ma`lumotlarni yig`ish va batafsil tahlil qilib ma`lumotlar bazasiga kiritish;
  4. Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektrostantsiyalari sohasida loyiha tender hujjatlarini texnik shartlari va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish;
  5. Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektrostantsiyalari sohasidagi loyihalarning mavjud hujjatlarini milliy va xalqaro talablar asosida tahlil qilish va tuzatishlar kiritish;
  6. Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarini tadbiq qilish va ishlab-chiqarish ishchi guruhlarida ishtirok etish va shu soha tarmoqlarida ishlash;
  7. Monitoring muammolarni izlash (diagnostika) va parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektrostantsiyalarini sinovdan o`tkazish;
  8. Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalarili elektrostantsiyalarni loyihalash, hisoblash, kompyuterda modellashtirish;
  9. Joyni tanlash, o`lchashlar olib borish, loyihalashtirish, ishga tushirish, tajriba o`tkazish, shu qatorda qilinishi zarur bo`lgan ishlar ketma-ketligi va parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari o`rnatilayotganda xavfsizlikni ta`minlash norma va standartlarini yaratish.

Bo`limning ilmiy yo`nalishlari

Parabolosilindrik kontsentrator qurilmalari bo`limining ilmiyy o`nalishlari:

  1. Quyosh kontsentrator qurilmalarili elektr stansiyalar texnologiyalarini takomillashtirish va olarning umumiy samaradorligini oshirish;
  2. Amalda ishlatilayotgan issiqlik elektr stantsiyalarini quyosh-yoqilg`ili gibrid elektr stantsiyalariga aylantirib modernizatsiya qilish;
  3. Quyosh issiqlik elektr stantsiyalarining texnik-iqtisodiy va energetik ko`rsatkichlarini optimallashtirish.


Galareya

Xarita

Murojaat uchun:
Tel.: +99871 235 03 44
Faks: +99871 235 03 44
100084, Toshkent sh, Bodomzor yo‘li 2B, korpus 2.
sirnornur@uzsci.net


Sayt hozir test rejimida ishlamoqda 2017