2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"

CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1CSS Templates 1

Kombinasiyalashgan dizel-quyosh elektrostantsiyasi

O'qildi = 444 marta: Kiritildi = 2018-10-19 17:08:39

Ba`zi bir hududlarda elektr ta`minoti u qadar yaxshi emas, yoki umuman etib bormagan. Natijada sanoat ishlab chiqaruvchilar asosan benzin, gaz va dizel generatorlardan foydalanishadi. Hozirgi kun hisob kitoblariga ko`ra dunyoda 500 gigavatt dizel generatorlari o`rnatilgan va ular iste`molchilarni elektr energiya bilan ta`minlab kelmoqda. Bu turdagi stansiyalarning asosiy muammosi kundan-kun yoqilg`i narxining oshib borishi hisoblanadi.

Agar yoqilg`i mahsulotlari uzoqroq hududlardan olib kelinadigan bo`lsa, harajatlar yanada oshib ketadi. So`ngi yillarda quyosh fotoelektrik modullarining narxi 50%gacha tushganligini hisobga olsak, markazdan uzoq bo`lgan hududlar uchun eng muqobil energiya manbai bo`lib turibdi. Kombinatsiyalashgan fotoelektirik va generator tizimlarining energiya salohiyati ayniqsa uzoq mintaqalar uchun juda yuqori. Chunki bizda katta hajmda keladigan, mutlaqo bepul quyosh energiyasi mavjud va undan qo`shimcha ravishda foydalanish mumkin.

2012 yil noyabr oyida Janubiy Afrika Respublikasida dunyoda birinchi marta 1 megavatt quvvatga ega bo`lgan kombinasiyalashgan dizel-quyosh elektrostasiyasi ishga tushirildi. Eng e`tiborli jihati u markaziy elektr sistemasiga ulanmagan. Quyosh elektrostansiyasi qo`shimcha elektr energiyasini ishlab chiqaradi va generator majmuasidagi yuklamalarni kamaytiradi. Bu kombinatsiyalashgan tizim yiliga 450 ming litr dizel yonig`isi tejash va atrofga chiqayotgan karbonat angidirid gazini kamaytirish imkoniyatiga ega.

Kombinatsiyalashgan dizel – quyosh elektrostansiyasi fotoelektrik modullardan tashkil topgan quyosh elektr stansiyasi, dizel generatorlari va ularni ishlashini nazorat qilib turadigan avtomatik tizimdan iborat. Avtomatik tizim quyosh elektrostansiyasidan kelayotgan elektr energiyasini iste`molchi talab qilayotgan energiya quvvati bilan solishtiradi va qo`shimcha energiyani dizel generatorlari hisobiga qoplaydi. Bu tizim huddi shu tartibda ishlaydi. Quyosh elektrostansiyasi dizel generatorlariga qo`shimcha elektr manbai sifatida ishlaydi.


Galareya

Xarita

Murojaat uchun:
Tel.: +99871 235 03 44
Faks: +99871 235 03 44
100084, Toshkent sh, Bodomzor yo‘li 2B, korpus 2.
sirnornur@uzsci.net


Sayt hozir test rejimida ishlamoqda 2017